17:58 / 28.03.2016
2177

Nyu-York shahrida Markaziy xiyobon atrofida 1000 futli devor qurish taklifi bildirildi

Dizaynerlar Yitan San va Jianshi Vu Nyu-York Markaziy xiyoboniga yanada ko‘proq odamlarni jalb qilish bo‘yicha taklif berishdi. Ularning g‘oyasi 1000 fut balandlik, 100 fut chuqurlikdagi megaqurilishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 7 kvadrat milga teng. Bu Empire State Buildingdan 80 barobar katta hisoblanadi.

"Me'morchilik va obodonlashtirish o‘rtasidagi an'anaviy hamkorlik hududda qilinadigan har bir ish tabiat bilan hamohang ekanligiga ishora qiladi", - deyishdi eVolo’s osmono‘par binolar musobaqasida birinchi o‘rinni olgan taklif mualliflari.

Ular shuningdek, har tomonlama o‘ralgan shisha devorlar yangi xiyobonni yanada boyitib, hududiy cheksizlik illyuziyasini hosil qilishini hamda Nyu-York shahrining yuragida "yangi ufq" paydo bo‘lishini ta'kidlashdi.

Top