22:16 / 28.03.2016
1552

Pol Pogba o‘z tasviridan foydalanish huquqini 10 mln yevroga qayta sotib oldi

"Yuventus" jamoasining 23 yoshli fransuz futbolchisi Pol Pogba o‘z tasviridan foydalanish huquqini qaytarib sotib olish uchun 10 mln yevro sarfladi.

U bundan oldinroq, bu huquqni lyuksemburglik tadbirkor, o‘z agenti Mino Rayolaning hamkori Volid Tanazeftiga sotgandi.

L’Equipe nashrida yozilishicha, bu boradagi uzoq davom etgan jarayon futbolchiga, xususan uning Fransiya terma jamoasidagi o‘yinlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.

Endi futbolchi faqat futbol haqida qayg‘urishi mumkinligi aytilgan.

Joriy mavsumda Pogba Italiya A seriyasining 28ta uchrashuvida maydonga tushgan va 6ta gol urib, 7ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Top