12:34 / 28.03.2016
1457

Saudiya Arabistoni va husiychilar o‘zaro asirlar almashinuvini o‘tkazishdi

Saudiya Arabistoni boshqaruvidagi koalitsiya yamanlik isyonchilar harbiy harakatlar paytida qo‘lga olingan 109 nafar yamanlikni ozod qilish evaziga 9 nafar saudiyalik asirni qo‘yib yuborganini tasdiqladi.

"Asirlarni ayirboshlash arafasida husiychilar vakili ham shia harakati va Saudiya Arabistoni asirlarni almashganlarini ma'lum qildi", deb xabar beradi RIA Novosti nashri Frans Press agentligiga asoslanib.

Yamanda bir tomonda shialarning "Ansor Alloh" harakati isyonkor-husiychilari va armiyaning sobiq prezident Ali Abdulla Solihga sodiq qismi, ikkinchi tomonda husiychilar quvib yuborgan Abd Rabbu Mansur Hodiy qo‘shini va ushbu qo‘shinni quruqlikda hamda havoda qo‘llab-quvvatlayotgan arab koalitsiyasi o‘rtasidagi nizo hamon davom etmoqda.

Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya o‘tgan yilning 26 martidan buyon harbiylashgan husiychilar guruhi nazoratidagi Yaman tumanlari bo‘ylab havo hujumlari uyushtirib kelmoqda.

Top