19:54 / 28.03.2016
1351

Si Tszinpin Chexiyaga tashrif bilan keldi

28 martda Xitoy raisi Si Tszinpin Chexiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Uning samolyotini Pragadagi Vatslav Gavel nomidagi aeroportga qo‘nishidan avval milliy harbiy-havo kuchlarining ikkita tovushdan tez uchuvchi harbiy samolyotlari kuzatib bordi.

"Chexiyada Xitoy yetakchisining kelishi munosabati bilan mamlakat tarixidagi eng qattiqqo‘l xavfsizlik choralari ko‘rildi", deb ma'lum qildi Chexiya radiosi.

Xitoy yetakchisi mamlakat prezidenti Milosh Zeman bilan uning shahar chetidagi qarorgohi – Praga yaqinidagi Lana qasrida uchrashadi. 29 martda prezident saroyida rasmiy qarshilash marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Xitoy yetakchisi Zeman bilan muzokaralar o‘tkazadi, mamlakat bosh vaziri Boguslav Sobotka, parlamentning quyi va yuqori palatalari spikerlari Yan Gamachek va Milan Shtex hamda Praga meri Andriana Krnachova bilan uchrashadi.

Chexiyada Xitoy yetakchisining tashrifiga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu yerda Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalar hamda gumanitar va sayyohlik sohalarida hamkorlikning har tomonlama chuqurlashishini kutmoqdalar.

Top