17:45 / 28.03.2016
1367

Suriyalik harbiylar Palmirani minalardan tozalashmoqda

Suriya armiyasi harbiylari Palmira shahrini tashlab chiqqan IShID jangarilari tomonidan shaharning turli nuqtalariga joylashtirib ketgan minalarini bartaraf etishga kirishgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Suriya hukumati tomonidan ma'lum qilinishicha, minalar Palmiraning barcha hududlari bo‘ylab, aholi turar joylarida va tarixiy binolarda o‘rnatilgan.

Suriyalik harbiylar va ko‘ngillilar otryadlari 27 mart kuni bir necha kunlik janglardan keyin Rossiya samolyotlari ko‘magida, 10 oy davomida IShID nazoratida bo‘lib kelgan Palmirani ozod etgandi.

Top