12:47 / 28.03.2016
1318

Tailandda yo‘lovchi avtobusi bilan yuz bergan YTH tufayli 40 kishi jabrlandi

Tailandning Ayutthaya viloyatida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida 40 kishi jabrlangan, ular orasida xorijliklar ham bor. Bu haqda, TASS agentligi mahalliy politsiyaga tayangan holda xabar qilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan ma'lum qilinishicha, Bangkokdan mamlakat shimolidagi Chiangmay shahriga kelayotgan avtobus, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgach, yo‘ldan chiqib ketib avtobus bekatiga urilgan. Xabarlarga qaraganda, hodisa vaqtida kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan.

Yo‘lovchilardan 40 nafariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, qurbonlar yo‘q. Ularning aksari mahalliy fuqarolar ekani aytilgan. Hozircha hodisada jabr ko‘rgan xorijliklar qaysi mamlakat fuqarolari ekaniga oydinlik kiritilmagan.

Aytish joizki, Tailand yo‘llaridagi xavfsizlik darajasi ancha achinarli holatda. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yili qirollik hududida yuz bergan YTHlarda 2315 kishi halok bo‘lgan, 152 mingdan ortiq inson jarohatlangan.

Top