22:12 / 28.03.2016
1661

"Yandeks" direktorlar kengashi raisi vafot etdi

"Yandeks" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Alfred Fenoti 90 yoshida vafot etdi, deyilmoqda kompaniya bergan xabarda.

"Biz Elning o‘limidan juda qayg‘udamiz. U buyuk odam va tug‘ma yetakchi – kompaniyamiz uchun bitmas-tuganmas energiya manbai edi. Bizga endi uning bilimlari va ziyrakligi juda yetishmaydi. Bu og‘ir lahzada biz Elning rafiqasi Rike va butun Fenoti oilasiga ta'ziya bildiramiz", deb aytdi kompaniya bosh direktori Arkadiy Voloj.

Alfred Fenoti kompaniya direktorlar kengashi tarkibiga unga asos solingandan beri kirgan, rais lavozimini esa 2008 yilda egallagan. Avvalroq u simvollarni optik tanish va kompyuter animatsiyasi sohasida ishlovchi Information International Inc. kompaniyasi bosh direktori bo‘lib ishlagan.

Fenoti o‘limidan keyin uning lavozimiga Jon Boyton vaqtinchalik tayinlandi. U bungacha kompaniyada noijrochi direktor lavozimini egallab kelgan.

Top