08:01 / 29.03.2016
1318

AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari Shimoliy Koreyani muhokama qilish uchun uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturini muhokama qilish uchun uch tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqchilar.

"Uchrashuv uch yetakchiga Shimoliy Koreyadan taralayotgan tahdidlarga umumiy javoblarni muhokama qilish uchun imkoniyat bo‘ladi", deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.

Siyosatchilar, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha uch tomonlama hamkorlikni muhokama qilishmoqchi.

Uchrashuv 31 martda Vashingtonda, xalqaro yadroviy xavfsizlik sammiti davomida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni Obama va Xitoy yetakchisi Si Tszinpin ham uchrashadi.

Avvalroq Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaga "javob zarbalari" berish bilan tahdid qilgani ma'lum qilingandi. Keyinroq Kim Chen In Shimoliy Koreya armiyasini Seulga zarbalar berishga tayyorlanishga chaqirgandi.

Top