19:50 / 29.03.2016
1415

«Barselona» vitse-prezidenti: «Real» Frankoning sevimli jamoasi edi va biz bundan jabr ko‘rardik»

«Barselona» jamoasi vitse-prezidenti Jordi Kardoner «Real» jamoasining mamlakatni diktator Fransisko Franko boshqargan davrlardagi zafarlariga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Biz general Frankoning diktaturasidan aziyat chekardik. «Real» generalning sevimli jamoasi edi, shu tufayli ular Yevropa Kuboklarida doimiy ravishda g‘alabalar qilishardi.

Bu bizning rivojlanishimizga jiddiy tarzda xalal bergan. Biz og‘ir vaziyatda qolganmiz. O‘sha vaqtda Di Stefano biz bilan shartnomasi bo‘lishiga qaramasdan «Real» safida o‘ynaganini shu tufayli edi.

O‘sha paytlarda muxlislar «Salom senga Kataloniya! Salom Barselona!» deya hayqira olishmasdi.

Hozir demokratiya. Hatto mustaqillik da'volarimiz haqida ham baralla aytishimiz mumkin», – deydi funktsioner.

Top