16:50 / 29.03.2016
1344

EgyptAir samolyotini garovga olishda gumonlangan Samaha o‘zining oddiy yo‘lovchi ekanini bildirdi

EgyptAir samolyotini garovga olgani aytilgan, Misrdagi va AQShdagi universitetlar professori bo‘lgan Ibrohim Samaha bu adashuv bo‘lgani va o‘zining oddiy yo‘lovchi ekanini ma'lum qilgan.

"Biz nimalar ro‘y berganini bilmadik. Biz samolyot bortiga chiqqandik va ekipaj a'zolari pasportlarimizni yig‘ib olishga kirishganini ko‘rib hayron bo‘ldik. Samolyot ichkarisida nimadir bo‘layotgani aniq edi <...> Keyin tushunib yetdikki, biz Qohiraga emas, shimolga ucha boshladik. Ya'ni, Kiprga. Avvaliga ekipaj samolyotda texnik nosozlik yuz berganini, keyinroq samolyot garovga olinganini ma'lum qildi", deya hikoya qiladi Samaha.

Bundan oldinroq, Misr hukumati ushbu professordan xatolik tufayli qo‘yilgan ayblov uchun uzr so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Aniqlik kiritilishicha, samolyot Sayf ad-Din Mustafo ism-sharifli shaxs tomonidan olib qochilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni tongida Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining talabi bilan yo‘nalishni o‘zgartirib, Kiprning Larnaka shahriga borib qo‘ngani haqida ma'lum qilingandi.

Top