12:22 / 29.03.2016
1597

Garovga olingan Misr samolyotida bo‘lgan 20ga yaqin kishi qo‘yib yuborildi

Misr samolyotini garovga olgan shaxs bordagi yo‘lovchilardan 20ga yaqiniga samolyotni tark etishga ruxsat bergan. Bu haqda Reyter ma'lum qilgan.

29 mart kuni tongida Aleksandriya shahridan Misr poytaxti Qohiraga uchish uchun chiqqan Egypt Air aviakompaniyasi yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olindi. Dastlabki xabarlarda samolyotda jami 81 kishi bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq, garovga oluvchi bortdagi ayollar va bolalarni qo‘yib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ayni vaqtda garovda 55 nafar yo‘lovchi va ekipajning 7 nafar a'zosi qolayotgani aytilgan.

Bundan oldinroq, kiprliklar Misr samolyotini garovga olgan shaxs bilan muzokara boshlagani haqida xabar berilgandi.

Top