18:28 / 29.03.2016
1487

Jyekpot amerikalikning umriga zomin bo‘ldi

Amerikada Georgia lotoreyasi g‘olibi Kreygori Fitsjyeraldni o‘ldirganlikda yetti kishi gumon qilinmoqda.

Jinoyatga aloqadorlikda 17 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan shaxslar ayblanmoqda, deb xabar beradi Associated Press.

Jorjiya shtati Ben-Hill okrugi sherifi Bobbi Maklemorning so‘zlariga ko‘ra, yigitlar qurolli hujum va o‘qotar qurollar saqlashda ham ayblanmoqda.

2016 yilning yanvarida uch nafar niqobli Fitsjyeraldning uyiga bostirib kirishadi. Undan pul talab qilishadi va otib tashlashadi.

Fitsjyeraldga jyekpotni qo‘lga kiritib, 434 272 dollarga ega bo‘lganidan bir oy o‘tib hujum qilishgan.

Top