17:27 / 29.03.2016
1409

Larnakida maxsus harbiylar garovga olingan Misr samolyotini shturm qilishga tayyorlandi

Kipr maxsus harbiy xizmatchilari EgyptAir aviakompaniyasining yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olingan va Kiprdagi Larnaki aeroportiga qo‘ndirilgan A320 samolyotini shturm qilishga tayyorlandi. Bu haqd Gretsiyaning "Proto Tema" nashri xabar qilgan.

Nashrning yozishicha, xavfsizlik nuqtai nazaridan amaliyot o‘tkazilishi belgilangan hududga OAV vakillari kiritilmagan.

Mahalliy telekanalda voqea joyidan efirga uzatishlar to‘xtatilgan.

Shuningdek, atrofga merganlar joylashtirilgan.

Top