14:59 / 29.03.2016
1328

Misr samolyotini olib qochgan shaxs uchuvchidan Istanbulga uchishni talab qilgan

Egypt Air aviakompaniyasining yo‘lovchilardan biri tomonidan garovga olingan A320 samolyoti Kiprga emas, Turkiyaga olib borilishi mumkin edi. Samolyotni garovga olgan shaxs uchuvchidan Istanbulga uchishni talab qilgan. Bu haqda The Independent xabar tarqatgan.

Samolyot uchuvchisi Umar al-Jamol esa yoqilg‘i yetishmasligi tufayli Istanbulga uchishdan bosh tortgan va Larnakaga qo‘ngan. Bu haqda Al Arabiya muxbiri Reychel Makartur xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, Misrda noma'lum shaxslar A-320 yo‘lovchi samolyotini garovga olgani ma'lum bo‘ldi. Samolyot Iskandariyadan Qohiraga reysni amalga oshirayotgan edi. Bir muddatdan so‘ng layner Kiprning Larnaka shahri aeroportiga qo‘ndi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, samolyotda faqat xorijlik 4 nafar yo‘lovchi va ekipaj a'zolari qolishgan.

Ilgariroq samolyotni garovga olgan shaxs Ibrohim Samaha ismli Misr fuqarosi ekani ma'lum qilingan edi.

Top