15:57 / 29.03.2016
1348

OAV: Garovga olingan samolyotda faqat uchuvchi va aviaqaroqchi qoldi

EgyptAir aviakompaniyasining garovga olingan A320 samolyotida faqat aviaqaroqchi hamda samolyot uchuvchisi qolgan. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda «Russkaya slujba novostey» xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, barcha yo‘lovchilar va ekipajning boshqa a'zolari ozodlikka chiqqan.

Bundan oldingi xabarlarda garovga oluvchi misrlik yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgani, bortda faqat 4 nafar xorijlik hamda ekipaj a'zolari qolayotgani aytilgandi.

Bundan oldinroq, Aleksandriyadan Qohiraga uchayotganida yo‘lovchi samolyotni garovga olgan shaxs Ibrohim Samaha AQShdagi Atlanta universitetining faxriy professori bo‘lib chiqqani ma'lum qilingandi.

Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan samolyot garovga olingani haqida 29 mart kuni soat 8:30da ma'lum bo‘ldi. Dastlabki xabarlarda samolyotda 81 kishi bo‘lgani xabar qilingandi.

Top