12:40 / 29.03.2016
1295

OAV: Misr samolyotini garovga olgan shaxs Larnaka aeroportidagi politsiyachilar ketishini talab qildi

Misrning Aleksandriya shahridan Qohiraga uchayotgan A320 samolyotini garovga olib, Kiprga olib ketgan va uchuvchilarga samolyotni Larnaka aeroportiga qo‘nishni ko‘rsatma qilgan shaxs kiprliklar bilan muzokarada o‘z shartlarini ma'lum qildi.

U aeroportdan politsiyachilarni olib ketishni talab qilgan.

Ayni vaqtda hududga politsiya kuchlari va "tez tibbiy yordam" mashinalari keltirilgan.

Bundan oldinroq, samolyotni garovga olgan shaxs bortdagi ayollar, bolalar va misrlik yo‘lovchilarni qo‘yib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Samolyot bortida aviaqaroqchidan tashqari 55 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan.

Top