07:10 / 29.03.2016
1436

Qirg‘iziston sobiq davlat kotibi hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda ayblandi

Qirg‘izistonning sobiq davlat kotibi Doston Sarigulovga mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olishga urinish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida ma'lum qilindi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, Sarigulov Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga taklif qilinib, tergov harakatlari o‘tkazilgandan keyin unga "Jinoyatga tayyorlanish" va "Hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olish yoki hokimiyatni zo‘ravonlik bilan ushlab turishga tayyorlanish" moddalari bo‘yicha ayblov e'lon qilindi.

Bishkekning Pervomaysk tuman sudi qarori bilan sobiq davlat kotibiga uy qamog‘i ko‘rinishida ehtiyot chorasi belgilandi.

Sarigulov 2005-2010 yillarda mamlakatni boshqargan prezident Kurmanbek Bakiyev davrida davlat kotibi bo‘lib ishlagan.

Avvalroq Qirg‘izistonda hokimiyatni qo‘lga olishga urinishda gumon qilingan 3 kishi hibsga olingandi.

Top