Qirg‘izistondan qo‘shni davlatlarga kontrabanda yo‘li bilan hatto qurt mahsulotini olib chiqib ketishga urinishlar kuzatilmoqda.
Qirg‘iziston respublikasi davlat chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yaqinda Botkent viloyatining Eki-Tosh hududida chegarachilar Hyundai Porter avtomashinasida 61 xalta (umumiy og‘irligi 1 tonna 460 kilogramm) qurtni Tojikistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi. Ushlab qolingan yukning taxminiy qiymati 200 ming som.
Qo‘lga olingan shaxs va kontrabanda yuki Qirg‘iziston respublikasi chegara xizmatiga topshirildi.