15:24 / 30.03.2016
1475

NYT: Tramp Yanukovichning sobiq maslahatchisini o‘ziga yordamchi qilib oldi

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘ziga yordamchi etib bir vaqtlar Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning maslahatchisi bo‘lgan Pol Jon Manafortni yordamchi qilib oldi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, milliarder Manafortga yozda Klivlendda bo‘lib o‘tadigan Respublikachilar s'yezdi tashkiliy ishlariga yordam berishini so‘rab murojaat etgan. Aynan o‘sha yerda prezidentlik sayloviga ishtirok etadigan respublikachilarning yakuniy nomzodi nomi e'lon qilinadi.

66 yoshli Manafort Yanukovich bilan hamkorlik qilishdan tashqari, 1976 yilda Jyerald Fordning prezidentlik kampaniyasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Top