19:06 / 30.03.2016
5502

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2016 yilda 6,9 foizni tashkil qilishini prognoz qildi

Tashqi bozorlardagi noqulay vaziyat tufayli O‘zbekistonda iqtisodiyot o‘sishi 2016 yilda 6,9 foizni tashkil qiladi, deyilmoqda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) "Osiyo rivojlanish sharhi 2016" (Asian Development Outlook) deb nomlanuvchi hisobotida.

OTB 2015 yil sentabrda 2016 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi 7 foizni tashkil qilishini prognoz qilgandi. O‘zbekiston hukumati bu ko‘rsatkichni 7,8 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

OTB ekspertlari prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017 yilda 7,3 foizni tashkil qiladi. 2015 yil sentabrda bank bu ko‘rsatkich 7,2 foizni tashkil qilishini taxmin qilgandi.

Hisobotda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblanadigan davlatlardagi iqtisodiy vaziyat va ba'zi eksport mahsulotlariga narxlarning pasayishi O‘zbekiston YaIM o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadi.

"Osiyo rivojlanish sharhi" va "Osiyo rivojlanishining yangilangan sharhi" – OTBning asosiy iqtisodiy nashrlari bo‘lib, ular o‘zida Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlari iqtisodiyotlari tahlili va ular uchun prognozlarni aks ettiradi.

Top