10:23 / 30.03.2016
2067

Tojikiston prezidenti ichki ishlar vazirligida bir qator lavozimiy o‘zgarishlar o‘tkazdi

29 martda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator lavozimiy o‘zgarishlar o‘tkazdi.

Xuseynov Muzaffar Maxmurodovich Tojikistoning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi va o‘rindoshlik asosidagi Tojikistoning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimlaridan ozod etildi va Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davlatzoda Parviz Tojikiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi va Tojikistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Kosimi Zarobiddin Tojikistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi va Tojikiston milliy axborot agentligi "Xovar" direktori lavozimidan ozod etildi.

Tojikistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimini egallab turgan Sattorov Imomiddin Mirzoyevich o‘rindoshlik asosida Tojikistonning Armanistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Tojikistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidov Zoxir Ozodovich o‘rindoshlik asosida Tojikistonning Gruziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Top