08:23 / 31.03.2016
1550

BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Liviya milliy birdamligi hukumati Tripoliga keldi

Liviya milliy birdamligi hukumati a'zolari bo‘lgan kema Tunisdan Liviya poytaxti Tripolidagi harbiy-dengiz bazasiga yetib keldi. Tripoliga hukumatning 7 nafar a'zosi, jumladan bosh vazir Fayoz Sarroj keltirildi.

"Biz Liviya hududida o‘t ochishni to‘xtatish tartibi, milliy totuvlik va ko‘chirilgan fuqarolarni qaytarish ustida ish olib boramiz", deb aytdi Sarroj.

Sarroj yangi hukumat IShID jangarilari bilan kurashishini aytdi.

Ta'kidlanishicha, harbiy kema jiddiy himoya bilan kuzatib borilgan, Tripolida yangi hukumatning tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar o‘rtasida to‘qnashuvlar chiqqan. Shu jumladan, o‘z-o‘zini hokimiyat deb e'lon qilganlarni qo‘llab-quvvatlovchi kabel telekanali efirga uzatilishi to‘xtatildi.

Top