14:46 / 31.03.2016
2740

Kuvaytda otsifat echki 130 ming dirhamga baholandi

Echki o‘zining ko‘rkam ko‘rinishi evaziga tanlovda birinchi o‘rinni oldi.

U o‘zining me'yordan katta vazni va oppoq rangi tufayli "Oq Tulpor" nomini olgan. Echki Kuvaytda 10 000 KD’ga (130,000 dirham) baholangan edi, lekin uning egasi taklifni rad etdi.

"Menga "Oq Tulpor"ni 10 000 KD’ga sotib olish taklifini bildirishgandi, biroq men uni rad etdim", - deydi uning egasi Fahd al-Soran Kuvaytda arab tilida chiquvchi "Alanba" nashriga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, echki Kuvaytda uyushtirilgan Qo‘y-qo‘zilar tanlovida birinchi o‘rinni egallagan hamda qimmatbaho mashina va pul mukofotini qo‘lga kiritgan.

"Men shunga o‘xshash yana 15ta echki ko‘paytirdim, lekin ularning barchasi jon berdi... Hozir menda shu va yana bir kichik echkicha bor, o‘ylaymanki, ular faslning yangiligi bo‘ladi", -dedi u.

Top