11:14 / 31.03.2016
1311

Lukashenko: Belarus hech kimga hujum qilmaydi

Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, Belarus harbiy doktrinasi faqat mudofaa maqsadini nazarda tutadi, belaruslar hech qachon begona hududlarda jang qilmaydi.

"Biz hech kimga qarshi hujum qilmaymiz va qurol ishlatmaymiz", - deb bayonot berdi Aleksandr Lukashenko.

Uning aytishicha, Minsk o‘zining Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) dagi ishtirokini yashirmaydi. Shunga qaramay, ushbu shartnoma mamlakatlarining manfaatlari qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, Belarus armiyasi begona mintaqalarda urushmaydi.

"Ammo bevosita xavf paydo bo‘lganda, Rossiya oldidagi ittifoqdoshlik majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajaradi. Shunda ham, faqatgina o‘z hududida g‘arbiy chegaralarini himoya qiladi", deya qayd etgan Lukashenko.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “Belarus o‘z ixtiyorida yangi qurol paydo bo‘lsa, uni namoyish etadi".

"Albatta, kimnidir qo‘rqitish uchun emas, balki hamkorlarimiz bilib qo‘yishlari uchun”,- degan Lukashenko.

U shuningdek, Minsk AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirar ekan, "Belarusning G‘arb bilan aloqalarida yangi davr boshlanayotgandir", degan fikrni ilgari surgan.

Lukashenko: AQSh Ukrainadagi mojaroga barham berishi mumkin

Lukashenko: Belarus Ukraina inqirozidan aziyat chekmoqda

Lukashenko: Belarus NATOning sharq tomonga kengayishini e'tiborsiz qoldira olmaydi

Top