15:43 / 31.03.2016
1278

Rossiya xavfsizlik xizmati Ukraina xavfsizlik xizmati podpolkovnigini hibsga oldi

Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukraina xavfsizlik xizmati xodimi Yuriy Ivanchenkoni qo‘lga oldi. U rus maxsus xizmatlariga yollanishga uringan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Ivanchenko Rossiyaga qarindoshlarini ko‘rish maqsadida kelganini ta'kidlagan.

Rossiya maxsus xizmatida aytishlaricha, «UXX xodimi maxfiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish borasida ruslarni qiziqtirishi va Kiyev shartlari asosida aloqada bo‘lib turishga ishontirishi» lozim bo‘lgan.

Endilikda, podpolkovnik Ukrainaga chiqarib yuboriladi va Rossiyaga kirishi taqiqlanadi.

Top