10:19 / 31.03.2016
2248

Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi

Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi. Bu haqda Microsoft vitse-prezidenti, Windows&Devices bo‘limi boshlig‘i Terri Mayyerson Microsoft Build 2016 konferensiyasi vaqtida ma'lum qilgan.

«Windows 10 operatsion tizimi Windows tarixidagi eng muvaffaqiyatli yangi tizim bo‘ldi. Tizim ishga tushganidan boshlab bugungi kungacha undan foydalanishni boshlagan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi. Bu shu vaqt mobaynida Windows 7 tizimi yangi chiqqanida o‘rnatilganidan 145 foizga ko‘proq deganidir», - deya ta'kidlab o‘tgan Mayyerson.

Mayyersonning aniqlik kiritishicha, Windows 10 ishga tushirilganidan boshlab hozirgacha foydalanuvchilar 75 mlrd soat mobaynida ushbu tizim xizmatlaridan foydalanishgan.

Top