14:31 / 01.04.2016
1308

KXDRda Facebook, Twitter va YouTube yopib qo‘yildi

Koreya xalq demokratik respublikasi hukumati mamlakat hududida Facebook ijtimoiy tarmog‘i, YouTube videoservisi, Twitter mikrobloglar xizmatidan foydalanish bo‘yicha taqiq joriy etdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, KXDRda Janubiy Koreya OAVi saytlari ham to‘silgan.

Pochta va telekommunikatsiyalar vazirligining tegishli ko‘rsatmasi Koryolink mobil aloqa milliy provayderi va internet xizmatlarini taqdim etadigan boshqa tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, bu taqiq orqali respublikaga qarshi qaratilgan yolg‘on tashviqot tarqalishining oldini olish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu taqiqlar intim xususiyatga ega axborotlar bo‘lgan saytlarni bloklash maqsadida joriy etilgan.

Xabarda qayd etilishicha, bir necha oydan buyon KXDR hukumati bu haqda rasman e'lon qilmasdan turib, norasmiy ravishda xorij saytlarmni bloklab kelgandi.

Ma'lumot uchun, KXDR aholisining juda ozchilik qismigina internetdan foydalanish imkoniga ega hisoblanadi. Endi bu qatlam faqatgina ruxsat etilgan saytlarga kirishlari mumkin bo‘ladi.

Top