16:00 / 01.04.2016
1200

Parij markazida portlash sodir bo‘ldi

Parij shahri markazida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Le Nouvel Observateur gazetasining internet nashri xabar tarqatgan.

Hodisa sabablari hozircha aniqlanmadi.

Voqea joyiga qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan.

Hududda politsiya tekshiruv ishlariga kirishgan.

Guvohlar ijtimoiy tarmoqlarga voqea joyidan suratlar joylashtira boshlashgan.

Guvohlarning aytishicha, portlash gaz quvurlaridagi nosozlik tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin.

Top