09:52 / 02.04.2016
1342

Janni Infantino: «AQSh istasa ertagayoq jahon chempionatini o‘zida qabul qilishi mumkin»

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionatini o‘zida o‘tkazishi mumkin bo‘lgan AQShdagi sport infratuzilmasiga baho berdi.

«AQSh istasa ertagayoq mundialni qabul qilishi mumkin. Bu mamlakatlagi infratuzilma yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, ichki chempionat ham keyingi yillarda tezlik bilan rivojlanishni boshladi. Xususan, ayollar futboli. O‘tgan yili men Vankuverdagi jahon chempionatini kuzatdim, amerikaliklar juda kuchli jamoa tuzishganini ko‘rdim.

Erkaklar jamoasi ham 1990 yildan buyon jahon chempionatlarida qatnashib kelmoqda. Natijalar yaxshilangan.

Amerika xalqi boshqa sport turlari qatorida futbolni ham sevadi. Hozircha u yerda futbol – sevimli sport turlaridan biri, kelgusida eng sevimlisi bo‘ladi.

2026 yilgi jahon chempionatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, avvaliga AQSh ariza topshirishi kerak bo‘ladi, keyin biz buni muhokama qilishimiz mumkin», – deydi Infantino.

Top