17:40 / 02.04.2016
1746

Markaziy Osiyo davlatlari TIV rahbarlari va AQSh yozda S5+1 formatidagi muzokaralar o‘tkazadi

2016 yilning yozida AQShda S5+1 formatida tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bu haqda AQShning Qirg‘izistondagi elchixonasi ma'lumot bergan.

2015 yilning noyabrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh Davlat departamenti boshlig‘i Jon Kerri o‘rtasida xalqaro hamkorlikning istiqbollari va siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy – gumanitar sohalarda aloqalar bo‘yicha Markaziy Osiyo+AQSh ko‘rinishidagi "Samarqand deklaratsiyasi" kelishuvi imzolangandi.

4-6 aprel kunlari Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh vakillari Savdo va investitsiya bo‘yicha doiraviy kengash kelishuvi (TIFA) yig‘ilishida uchrashishadi. Shuningdek, bu davlatlarning iqtisodiy va hududiy aloqalar bo‘yicha ishchi guruhlari uchrashuvi o‘tkaziladi.

S5+1 formati mintaqadagi iqtisodiy, savdo, atrof-muhit muhofazasi hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatini o‘z ichiga oladi.

Top