10:27 / 02.04.2016
1497

Obama AQSh kompaniyalariga Eron bilan yevroda hisob-kitob qilishga ruxsat berdi

AQSh kompaniyalari Eron bilan nafaqat dollarda, balki yevroda ham hisob-kitob olib borishi mumkin, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitdagi nutqida. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

"Biz ulardan faqatgina dollarda hisob-kitob olib borishni talab qilmaymiz. Ular bemalol Yevropa institutlari orqali ishlashlari ham mumkin", deb aytdi Obama.

Shu bilan birga Obama yadroviy dastur bo‘yicha kelishuv Eron tomonidan xalqaro hamjamiyat va kompaniyalarga mamlakat hukumati ig‘vogarliklar bilan shug‘ullanmasliklari haqida aniq tushuncha berishni talab qilishini ta'kidlab o‘tdi. Obamaning aytishicha, bunday ig‘vogarliklar investorlarni cho‘chitib yuboradi.

Top