17:11 / 02.04.2016
1335

Tog‘li Qorabog‘da ozarlarning yana bir vertolyoti urib tushirilgani aytildi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Mudofaa vazirligi janubdagi Gadrut va shimoli-sharqdagi Martakert nuqtalarida ozar harbiylariga qarshi olib borilgan to‘qnashuvlar haqida ma'lumot berdi.

Bundan tashqari, vazirlikning xabariga ko‘ra, janubi-sharqdagi janglarda ozarlarning 2ta tanki, shimoli-sharqdagi to‘qnashuvlarda esa dushmanning bir tanki hamda 1 droni ishdan chiqarilgani aytilgan.

Shuningdek, janubiy-sharqiy yo‘nalishda Ozarbayjon HHKga tegishli bir vertolyot urib tushirilgani ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘da 2 aprelga o‘tar kechasi Ozarbayjon harbiylari hujumga o‘tgani, bunga javoban o‘t ochilishi oqibatida ularning bir vertolyoti urib tushirilgani haqida ma'lum qildi. Shundan so‘ng, hudud bo‘ylab harbiy harakatlar boshlanib ketdi.

O‘z navbatida, Ozarbayjon barchasi aksincha bo‘lgani, ya'ni dastlab Armaniston tomoni ozarbayjonlik harbiylarning marralarini minomyot va pulemyotlardan o‘qqa tutganini va keyin javob qaytarilganini bildirgan.

Top