20:33 / 03.04.2016
2703

Misrdagi chiqindichilar shahri

Sayohatchilar tashrif buyuradigan Qohiradagi mashhur kopt (nasroniy) tumanidan tashqari, Misr poytaxtida nasroniylar yashaydigan yana bir joy mavjud.

Bu yerda qadimiy bo‘lmagan katta g‘orda joylashgan cherkov mavjud bo‘lib, uning ibodatxonasi Muqaddas Maryam va Muqaddas Simeona nomini olgan. Cherkov Yaqin va O‘rta Sharqdagi eng katta nasroniy inshooti bo‘lib, yigirma ming kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi! Uning nomi Muqaddas Simeon Etikdo‘z bo‘lib, o‘ninchi asrda yashab o‘tgan va minglab dindoshlarini qutqargan Simeon Teri oshlovchiga bag‘ishlangan.

Biroq bu yerda hech kim ekskursiya tashkil etmaydi. Mukattam tog‘lari bag‘rida joylashgan bu hudud, Chiqindichilar shahri yoki mahalliy aholi tili bilan aytganda, Manshiyat-Nosir deb ataladi.

Bu yerda faqatgina “zabbalinlar” deb nomlanuvchi ijtimoiy guruhni, ya'ni sub-etnosni tashkil etgan xristian-koptlar mehnat qilishadi. Ular bepulga (shahar ma'muriyatidan xizmatlari uchun mablag‘ olmishmaydi) chiqindilarni o‘n besh millionli Qohira shahridan olib chiqib ketishadi, ajratishadi va qayta ishlashadi hamda faqatgina qayta ishlaganlari uchun pul olishadi. Shuningdek, bundan yaxshigina foyda ham olishadi.

Chiqindilarni ajratish jarayoni barcha oilalarda bir qancha farq qiladi. Ammo shahar bo‘ylab eshaklar ulangan aravalarda katta qoplarga chiqindilar yig‘ilib, “hosil”larni ma'lum bir shahardagi nuqtalarga olib boriladi va u yerdagi yuk tashuvchi mashinalarga joylashtiriladi.

Chiqindilar, o‘z navbatida, “Chiqindichilar shahri”ga olib boriladi va birinchi qavatga tashlanadi. Bu yerda chiqindi birlamchi ajratish jarayonidan o‘tkaziladi, misol uchun, barcha metall buyumlar, ikkinchi qavatda esa barcha qog‘oz va plastik buyumlar ajratib olinadi. Barcha keraksiz chiqindi pastga jo‘natiladi va yoqib yuboriladi. Tepa qavatlardan esa yashash uchun foydalaniladi.

Chiqindilar ajratilib bo‘linganidan so‘ng, Qohiradagi mahalliy qayta ishlab chiqarish fabrikalariga jo‘natiladi. U yerda tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

Shunisi qiziqki, bu tuman nafaqat chiqindilarni qayta ishlaydigan maskan, balki yashash joyi hisoblanadi. Bu yerda do‘konchalar, dorixonalar, kafelar, sartaroshxonalar mavjud bo‘lib, hattoki ko‘chalarda bolalar o‘ynashadi. Ammo tumanda hech qanday maktab yoki bolalar bog‘chasi mavjud emas,  aftidan bolalar boshqa tumanlarga borib o‘qib kelishadi.   

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Top