12:21 / 03.04.2016
1329

Nursulton Nazarboyev Raul Kastro bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Kuba Davlat kengashi hamda Vazirlar kengashi raisi Raul Kastro bilan uchrashdi. Bu haqda Oq o‘rda matbuot xizmatiga asoslanib, Nur.kz xabar bermoqda.

Qozog‘iston va Kuba yetakchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har ikki tomon hamkorligini yanada mustahkamlash, jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ta'lim sohasidagi aloqalar, madaniyat, sport, qishloq xo‘jaligi va siyosiy sohalardagi munosabatlar borasida atroflicha muzokara olib borildi.

Nursulton Nazarboyev va Raul Kastro sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va biotexnologiya sohasiga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Mazkur sohada har ikki tomon mutaxassislarining ma'lumot almashishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top