00:25 / 03.04.2016
1365

Ozarbayjon mudofaa vazirligida Tog‘li Qorabog‘da vaziyatning baqarorlashgani ma'lum qilindi

Ozarbayjon mudofaa vazirligida Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilof hududida vaziyatning baqarorlashgani ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

"Kechasi va kun bo‘yi sodir bo‘lganga nisbatan qo‘shinlarning to‘qnash kelgan chizig‘ida oxirgi 1-2 soat ichida vaziyat barqarorlashdi", deb xabar bermoqda Ozarbayjon mudofaa vazirligi matbuot xizmati Vagif Dargohli.

Dargohli vaziyatning rivojlanishini prognoz qilolmasligini aytgan.

Avvalroq, 2 aprelga o‘tar kechasi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ning to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab Armaniston va Ozarbayjon harbiylari o‘rtasida janglar boshlangandi.

Top