18:23 / 04.04.2016
1920

2015 yilda Dubayga butun dunyodan 2000 nafar millioner ko‘chib o‘tdi

2015 yil davomida 2000 nafardan ortiq millioner Dubayga ko‘chib o‘tishdi. So‘nggi tadqiqotlarga muvofiq Amirlikda haddan ziyod badavlat insonlar soni 42000 nafarga ko‘paydi.

World Wealth nashrining millionerlar global migratsiyasiga bag‘ishlangan yangi tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, Dubaydagi badavlat aholi soni o‘tgan yili 5 foizga ko‘paydi.

Ma'ruza Shimoliy Afrika, shu jumladan Misr, Jazoir, Marokash va Turkiyadan sezilarli kapital oqimiga ishora qildi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatda global o‘sish 4 foizni tashkil etdi. BAAda millionerlarning umumiy soni 72000 nafarga yetdi.

Avstraliyaning Sidney va Melburn shaharlari 2015 yilda eng ko‘p millionerlar (4000 va 3000) kelgan maskanlar sifatida qayd etilgan. Bu ikki shaharga asosan Xitoy, AQSh, Yevropa va Janubiy Afrika davlatlari manba bo‘lib xizmat qildi.

Shuningdek, World Wealth nashrining yangi tadqiqoti Parij, Rim, Chikago, Afina o‘tgan yili eng ko‘p millionerlari bilan xayrlashganligini ta'kidladi.

Fransiya poytaxti 7000 millioneri bilan xayrlashib, bu ro‘yxatni boshqardi.

Top