14:53 / 04.04.2016
1612

Agent: Yaya Ture «Manchester Siti»dan ketishni aniq istamoqda

Ivuralik yarimhimoyachi Yaya Ture shu yilning yozida «Manchester Siti»ni tarak etadi. Bu haqda futbolchining agenti Dmitriy Selyuk xabar qildi.

«Yaya Ture „Manchester Siti“dan ketishni aniq istamoqda. Endi buni aniq tasdiqlashim mumkin. Biz turli jamoalardan takliflar olmoqdamiz va ularni o‘rganib chiqmoqdamiz. Lekin hozircha uning yangi jamoasi qaysi jamoa bo‘lishi haqida gap aytolmayman. Bu masalada birinchi omil pul bo‘lmaydi. Birinchi o‘rinda mijozimga qiziqish bildirgan jamoaning maqsadlarini o‘rganib chiqamiz. O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan jamoani tanlaymiz.

«Inter»? Bu klub katta jamoa. Qolaversa, Yaya va Manchini o‘rtasidagi munosabatlarni barcha biladi. Lekin aytganimdek, qaror hali qabul qilinmagan. Hozirda neradzurrilar jamoasini ajoyib loyiha deyish mumkin. «Inter» — fantastik darajadagi klub.

Shuning uchun ular yuqori saviyali futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qilayotganlari uchun hayron qolmasa ham bo‘ladi», — deya Selyukning so‘zlarini keltiradi FC Inter News.

Top