17:20 / 04.04.2016
2505

Avtoyo‘llari eng xavfli mamlakatlar ro‘yxati e'lon qilindi

Yo‘llarida avariyaga uchrash ehtimoli eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar nomi ma'lum qilindi. The Telegraph nashrida ommaga oshkor qilingan bu ma'lumotlar boshqa mamlakatlarga mashinada sayohat qiluvchilarga asqotadi.

Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti har yili yuz ming aholi boshiga o‘lim bilan yakun topuvchi yo‘l hodisalari soni to‘g‘risida bayon qildi. Ular orasida sayyohlik mamlakatlari qatoriga kirmaydigan davlatlar ham bor. Masalan, Eritreya 100 ming aholi boshiga 48,4 o‘lim holati, Liviya (40,5) va Iroq (31,5). Biroq Janubiy Afrika Respublikasi (31,9) va, ayniqsa, Tailand (38,1) – dam oluvchilar o‘rtasida mashhur joylardir.

Shuningdek, Ekvador, Vetnam, Braziliya, Paragvay, Keniya va Laos mamlakatlarida mashinada harakatlanish nisbatan xavfli ekan. 

G‘arbiy Yevropa davlatlari o‘rtasida Portugaliya yo‘llari eng xatarli deb topildi. AQSh yo‘llari esa qo‘shni Kanada yo‘llariga nisbatan ikki barobar xavfliroqligi aniqlandi.

Mashina boshqarish uchun eng xavfsiz mamlakatlar 10 taligi:
San-Marino — 100 ming aholi boshiga o‘lim holati 0 ga teng
Mikroneziya — 1.8
Maldiv orollari — 1.9
Norvegiya — 2.9
Shvetsiya — 3
Daniya — 3
Falastin hududi — 3.2
Isroil — 3.3
Shveytsariya — 3.4
Buyuk Britaniya — 3.5

Mashina haydash uchun eng xavfli o‘n mamlakat:
Eritreya — 100 ming aholi boshiga 48.4 o‘lim holati
Dominikan Respublikasi — 41.7
Liviya — 40.5
Tailand — 38.1
Venesuela — 37.2
Nigeriya — 33.7
Janubiy Afrika — 31.9
Iroq — 31.5
Gvineya-Bisau — 31.2
Ummon — 30.4
Bu ro‘yxatda O‘zbekiston 100 ming aholi boshiga 11.3 o‘lim holati ko‘rsatkichini qayd etdi.

Top