15:13 / 04.04.2016
2704

Buxoro viloyatida MDHdagi eng ulkan quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi

Buxoro viloyati hududida MDHda muqobili yo‘q bo‘lgan 1,2 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan avtonom quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda UzDaily xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mazkur stansiya ERIELL kompaniyasi tomonidan ENESOL kompaniyasi bilan hamkorlikda «LUKOYL»ning Qandim hududida joylashgan konlarini elektr bilan ta'minlash maqsadida qurilgan.

Stantsiya markazlashgan elektr ta'minoti tarmoqlaridan olisdagi ishlab chiqarish obektlari va qurilish infratuzilmasini energiya bilan uzluksiz ta'minlab turish maqsadida foydalanishga topshirilgan.

Quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yechimlar va texnologiyalarning qo‘llanilishi natijasida mazkur elektr stansiyasining jami ishlab chiqarish quvvati kunduzi 5000 kVt, tungi vaqtda esa 1000 kVt gacha yetkazildi.

Taqqoslash uchun, bu 1,5 ming nafar aholiga ega shaharcha yoki qishloqni elektr bilan barqaror ta'minlash uchun yetarli bo‘ladi.

Top