01:02 / 04.04.2016
1593

Erdo‘g‘an Obamaning tanqidiy fikrlaridan ranjidi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Barak Obama bilan Turkiyadagi so‘z erkinligi va OAV bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilmaganini aytdi. NTV telekanali ma'lum qilishicha, Erdo‘g‘an bu haqda AQShga uyushtirgan safari yakunlangandan keyin, Obama tomonidan uning nomiga bildirilgan tanqidga izoh berib aytdi.

"Mening nomimga bunday gaplar aytilganidan ranjidim. Janob Obama bilan muzokaralarda bu mavzular ko‘tarilmagandi. Bundan avvalroq telefon orqali suhbatda biz matbuot orqali emas, balki yuzma-yuz gaplashganimiz foydaliroq bo‘lishini muhokama qilgandik", deb aytdi Erdo‘g‘an.

2 aprelda Obama uni "Turkiyadagi ba'zi holatlar xavotirlantirayotganini" aytgandi. "Men Erdo‘g‘anga bu yerda hech qanday sir yo‘qligini aytganman. Turkiya hukumati tomonidan matbuotga bo‘lgan yondashuv Turkiyani katta xavotir uyg‘otadigan yo‘ldan olib ketishga qodir", deb aytgandi Obama.

Erdo‘g‘an shu sababli OAVda mamlakat rahbariyatiga qarshi paydo bo‘ladigan "tanqid va haqoratning farqi borligini" aytgandi. "Ba'zi gazetalar sarlavhalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar yangramoqda. AQShda prezidentga tahdidlar uchun 5 yil qamoq jazosi va katta jarima ko‘zda tutilgan. Haqorat va tahdidlar matbuot erkinligi yoki tanqid sifatida baholanishi mumkin emas. Agar biz Obama bilan buni muhokama qilganimizda, men bu haqda unga aytgan bo‘lardim", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Yevropa va AQShda ularning fikricha Turkiyada mavjud bo‘lgan so‘z va matbuot erkinligi buzilishi holatlariga ko‘p marta e'tibor qaratilgan. Turkiyada ba'zi gazetalar amaldagi hukumatni qattiq tanqid qilishni o‘zlariga ijozat beradilar. Turkiya rahbariyatining fikricha, bu ruxsat etilgan chegaralardan chetga chiqishdir.

Top