15:51 / 04.04.2016
1781

Harri Keyn «Liverpul»ga qarshi o‘yindan keyin Klopp bilan nima haqda gaplashganini aytdi

Angliya premer-ligasining 32- turidan o‘rin olgan «Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari uchrashuvidan (1:1) keyin londonliklar hujumchisi Harri Keyn mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp bilan urgan goli bo‘yicha gaplashganini gapirib berdi.

«U menga qarata ikkita so‘z aytdi: «Qanday gol!». O‘ylashimcha, men uncha chiroyli bo‘lmagan gol kiritgandim. Ammo Yurgen unaqa demadi. Premer-liga to‘purarlari ro‘yxatida yetakchi bo‘lib olganimdan xursandman va bu unvonni saqlab qolish uchun to‘xtamoqchi emasman», – deya Keyndan iqtibos keltiradi Goal.com.

Top