22:19 / 04.04.2016
1762

Jakarta aeroportida Boeing 737 va ATR 42 samolyotlari to‘qnashib ketdi

Jakartaning Xalim Perdanakusuma aeroportida ikkita samolyot to‘qnashib ketdi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda AirLive portali xabar bermoqda.

To‘qnashuvda Batik Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 va TransNusa Air Services aviakompaniyasining ATR 42 samolyotlari ishtirok etgan. Manbalarning ta'kidlashicha, Boeing havoga ko‘tarilmoqchi bo‘lganda u chap qanoti cheti bilan boshqa samolyotga urilgan.

Batik Air direktori kompaniya layneri to‘qnashuvda ishtirok etganini tasdiqladi, biroq biror bir detal haqida aniqlik kiritmadi. Ayni vaqtda Boeing uchib ketgan.

AirLive uchish-qo‘nish polosasida yuz berayotgan videoni chop etdi. Videoda voqea kechasi yuz bergani sababli deyarli hech narsa ko‘rinmaydi. Biroq rolikda voqea joyiga kelgan o‘t o‘chirish mashinalarini ko‘rish mumkin.

AirLive ma'lumotlariga ko‘ra, noxush voqea sababli aeroport polosasi vaqtinchalik yopib qo‘yilgan. To‘qnashuv vaqtida hech kim jabrlanmagan.

Top