22:09 / 04.04.2016
2147

Jyerar Pike: «Biz «Atletiko»ga qarshi o‘yinga telbavor kayfiyatda tushamiz»

«Barselona» jamoasi Jyerar Pike Yevropa chempionlar ligasining chorak finalida «Atletiko»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Atletiko»ga qarshi kechadigan o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Biz yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib, natijaga erishishimiz kerak.

Men ishonch bildiramanki, bu o‘yin «Barselona»ning eng yaxshi o‘yinlaridan biri bo‘ladi. Biz o‘tgan yili nimaning evaziga barcha musobaqalarda g‘olib chiqqanimizni isbotlab, bu yil ham shu niyatda ekanimizni ko‘rsatib qo‘ymoqchimiz.

Biz «Atletiko»ga qarshi o‘yinga telbavor kayfiyatda tushamiz. Bu o‘yin teng kurashlar ostida kechishi kutilmoqda. Ammo biz oldin ham g‘alaba qozonganmiz va favorit ekanimizni yaxshi bilamiz», – deydi kataloniyalik futbolchi.

Top