22:29 / 04.04.2016
1422

Karl-Xaynts Rummenigge: «Bavariya» Levandovskining agenti bilan o‘yin o‘ynamoqchi emas»

«Bavariya» jamoasi boshqaruv kengashi vakili Karl-Xaynts Rummenigge jamoa hujumchisi Robert Levandovski bilan yuz berayotgan tushunmovchiliklarga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Men shartnomaning uzaytirilishi borasida fikr bildirmayman. «Bavariya» futbolchining agenti nag‘malariga yuradigan jamoa emas.

Levandovskining amaldagi shartnomasi muddatiga e'tibor qarating. Bu muddat u o‘z kelajagi haqida xotirjam bo‘lishi uchun kifoya qiladi», – deydi funktsioner.

Polshalik bu futbolchining myunxenliklar jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bundan avvalroq Levandovskining agenti Tsezari Kuxarski o‘z mijozining «Real»ga o‘tib ketishi mumkinligiga ishora qilgandi.

Top