09:26 / 04.04.2016
1751

KXDR yana bir bor AQShga zarba berish bilan tahdid qildi

AQSh va uning ittifoqchilari "KXDRning intilishlarini bo‘g‘ayotgani" uchun javob zarbasini olishadi. Bu haqda KXDR Davlat mudofaa qo‘mitasi ma'lum qilgan.

U "Leningrad qamali vaqtida ham vaziyat hozirda Koreya yarimorolida bo‘lgani kabi tang bo‘lmagani" haqida gapirgan.

U istalgan vaqtda Shimoliy Koreya tomonidan AQShning quruqlikdagi qismiga zarba berilishi mumkinligi bilan tahdid qilgan.

"AQSh va uning ittifoqchilarining harakatlari KXDRdagi ijtimoiy tizimni ishdan chiqarmoqda", degan u.

Bu KXDRning birinchi tahdidi emas. Janubiy Koreya va AQShning hamkorlikdagi Key Resolve va Foal Eagle harbiy mashg‘ulotlari boshlanganidan buyon rasmiy Pxenyan ularga qarshi bir necha marta bayonot berdi.

6 yanvar kuni Shimoliy Koreya vodorod bombasining muvaffaqiyatli tajribasi haqida ma'lum qilgan, 7 yanvar kuni esa ballistik raketalarning muvaffaqiyatli sinovi haqida aytildi. Shundan so‘ng, mintaqada vaziyat qiyinlashdi.

7 fevral kuni shimolliklar hukumati sun'iy yo‘ldosh tashuvchi raketa uchirgani haqida e'lon qilgandi.

KXDR AQSh sanksiyalarini Leningrad qamali bilan solishtirdi

KXDR TIV: AQShning harakatlariga qarshi "yadroviy kuchlar" orqali javob qaytarishimiz mumkin

Top