00:20 / 04.04.2016
1660

"Latsio" bosh murabbiyning iste'foga jo‘natilishini ma'lum qildi

Rimning "Latsio" klubi o‘zining rasmiy saytida jamoa bosh murabbiyi Stefano Piolining o‘z lavozimidan bo‘shatilishini e'lon qildi. Endilikda jamoaga 2014 yildan beri jamoaning yoshlari bilan ishlab kelgan, sobiq futbolchi Simone Indzagi murabbiylik qiladi.

Pioli "Latsio" Italiya A seriyasining 31-turida "Roma"dan 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bir necha soat o‘tib iste'foga jo‘natildi.

Pioli "Latsio"ni 2014 yilning iyunidan beri boshqarib kelgan. Jamoa ayni vaqtda musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallamoqda.

Top