17:44 / 04.04.2016
10640

Musiqa va san'at maktablari o‘quvchilari uchun imtiyozlar tasdiqlandi

Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligining qo‘shma qarori asosida bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim badali va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi (Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan 1.04.2016 y. № 1898-3)

Nizomga ko‘ra, bolaning o‘qishini qayta tiklanganda u, tegishli to‘lovni amalga oshirgan holda, ta'limini kelgusi o‘quv yilidan (o‘tgan o‘quv yili tugallanmagan choragining birinchi oyidan) davom ettirishi mumkin.

Ta'lim badalidan ozod etish hamda o‘qituvchi va konsertmeysterlarga oylik qo‘shimcha pullar belgilash Komissiyasi vazifalariga ta'lim uchun badal pulidan ozod qilinuvchi o‘quvchilar ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash vazifasi ham yuklatildi.

Kam ta'minlangan oila farzandlaridan tashqari, (umumiy kontingentning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan) xalqaro (1-3- o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlarida musiqa va san'at yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bolalar ham bir taqvim yili davomida ta'lim to‘lovidan ozod etiladi.

Agar bolalar musiqa va san'at maktabida bir oiladan ikki va undan ortiq bola ta'lim olsa, har bir bola uchun belgilangan miqdorning 70 foizi to‘lanadi.

Top