22:07 / 04.04.2016
2390

Muz sumalaklarini yo‘qotishning yangi usuli

Finlandiya fermerlari o‘ylab topgan texnologik yechimi oldida “Texasdagi qirg‘in” filmi sizga unchalik ham qo‘rqinchli kino bo‘lib ko‘rinmaydi. Uddaburon fermerlar dronga benzinda ishlaydigan arra o‘rnatib, muz bo‘laklarini yo‘q qilish uchun “xavfli qurolni” uchirishdi.

Albatta, bu hazil ham bo‘lishi mumkin, chunki dron haqidagi video kulgu kunida tarmoqga yuklangan. Lekin bu qurilma xo‘jalikda kerak bo‘ladi, misol uchun, undan qurigan daraxt shoxlarini kesish yoki tarnovdagi xavfli sumalaklarni yo‘q qilish uchun foydalanish mumkin. Bu qurilma qanday ishlashi haqida quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Top