00:00 / 04.04.2016
1492

Niko Rosberg "Formula-1"ning Bahrayn Gran-prisini yutdi

"Mersedes" jamoasining nemis poygachisi Niko Rosberg "Formula-1" poygasining Bahrayn Gran-prisini yutdi. 2-o‘rinni "Ferrari" jamoasi a'zosi Kimi Raykkonen, 3-o‘rinni esa Rosbergning jamoadoshi, britaniyalik poygachi va amaldagi chempion Lyuis Xemilton egalladi.

"Red Bull" sharafini himoya qiluvchi rossiyalik poygachi Daniil Kvyat marraga yettinchi bo‘lib keldi.

Formula-1. Bahrayn Gran-prisi

1. Niko Rosberg (Mercedes AMG F1) — 57 aylana
2. Kimi Raykkonen (Scuderia Ferrari) +10.282
3. Lyuis Xemilton (Mercedes AMG F1 ) +30.148
4. Daniel Rikkardo (Red Bull Racing) +1:02.494
5. Romen Grojan (Haas) +1:18.299
6. Maks Ferstappen (Scuderia Toro Rosso) +1:20.929
7. Daniil Kvyat (Red Bull Racing) +1 aylana
8. Felipe Massa (Williams) +1 aylana
9. Valtteri Bottas (Williams) +1 aylana
10. Stoffel Vandorn (McLaren) +1 aylana
11. Kevin Magnussen (Renault Sport F1) +1 aylana
12. Markus Eriksson (Sauber) +1 aylana
13. Paskal Verlyayn (Manor) +1 aylana
14. Serxio Peres (Force India) +1 aylana
15. Felipe Nasr (Sauber) +1 aylana
16. Niko Xyulkenberg (Force India) +1 aylana
17. Rio Xarianto (Manor) +1 aylana
18. Kichik Karlos Sayns (Scuderia Toro Rosso) — poygadan chiqib ketdi (32-aylana)
19. Esteban Guterres (Haas) — poygadan chiqib ketdi (11-aylana)
20. Djyenson Batton (McLaren) — poygadan chiqib ketdi (8-aylana)
21. Djolion Palmer (Renault Sport F1) — poygadan chiqib ketdi (1-aylana)
22. Sebastyan Fettel (Scuderia Ferrari) — poygadan chiqib ketdi

Top