19:36 / 04.04.2016
1611

Ofshorlar haqidagi hujjatlarda Nazarboyevning nabirasi ismi ham keltirilgan

The Organized Crime and Corruption Reporting Project‘ning Panamaning Mossack Fonseca kompaniyasi ma'lumotlar bazasidagi hujjatlarga iqtibos keltirgan holda chop etilgan materialida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning nabirasi Nurali Aliyevga ikkita ofshor kompaniyasi tegishli bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Ta'kidlanishicha, nazarda tutilayotgan Alba International Holdings va Baltimore Alliance Inc. kompaniyalari Britan Virginiya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan.

Xabarda aytilishicha, Alba International Holdings’ning 2014 yilning 15 sentabridan egasi yangi bo‘lgan. Ism, tug‘ilgan yil va fotosuratlarga ko‘ra kompaniyaning yangi egasi Nazarboyevning nabirasi bo‘lgan.

Aliyev Baltimore Alliance aksiyadorlari ro‘yxatiga 2008 yilda kiritilgan. Ta'kidlanishicha, kompaniya taxminiy narxi 1,8 mln dollar turadigan lyuks sinfidagi yaxtani sotib olgan.

Mossack Fonseca kompaniyasiga tegishli hujjatlar 3 aprelda chop etildi. Ularda dunyoning bir qator yetakchilarining soliqlardan qochish sxemalariga aloqadorligi haqida gap ketmoqda.

Top